Bugun Shams Soft bilan birgalikda oddiy, lekin kerakli bir dasturchani tayyorladik. Bu Sahifa++ dasturi bo’lib, bu dastur yordamida Microsoft Word va unga o’xshash dasturlarda yaratilgan hujjatlari ixcham kitobcha shaklida chop qilish mumkin. Dasturning qulayliklari quyidagicha:

  1. Dastur butunlay o’zbekcha tuzilgan bo’lib, chop qilish jarayoni qadam-baqadam tushuntirib berilgan.
  2. Dasturda printerlarning turiga qarab qog’ozni qanday qo’yish kerakligi tushuntirib berilgan.
  3. Dasturda g’ijim bo’lgan sahifalarni chop qilish funksiyasi ham bor bo’lib, bu ortiqcha bosh o’griqsiz kerakli sahifalarni qaytadan chop qilish imkonini beradi.

Saytimizni kuzatib boring, o’zbekcha dasturlardan yana hali ko’pi bor. Agar sizda ham sayt bilan hamkorlik rejasi bo’lsa izohlar joyiga yozib qoldiring. Dasturni Yandex.Naroddan saqlab olish uchun quyidagi linkni bosing.

Sahifa++ni saqlab olish